25 sentabr kuni Xitoyning Guyçjou viloyatida dunyodagi eng katta radioteleskop foydalanişga topşirildi. Bu haqda ShanghaiDaily.com xabar berdi.

FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) nomini olgan bu teleskop qurilişi 2011 yilda boşlangan edi. Uning oçiliş marosimiga yuzlab kişilar taşrif buyurişdi.

Qurilmaning diametri 500 metrni taşkil etadi, u 4,450 mingta uçburçak qaytargiçga ega. U özining tuzilişi böyiça qurilmani örnatiş uçun tabiiy çuqurlikdan foydalanilgan Aresibo observatoriyasiga öxşaydi. Uning qurilişiga 1,2 milliard yuan sarflandi (180 million dollar). Bu teleskop yana 15-20 yil mobaynida jahondagi eng yirik teleskop maqomini özida saqlab qolişi kutilmoqda.

30ta futbol stadioniga teng hajmdagi bu teleskopning maqsadi - boşqa sayyoralarda hayotning bor yöqligini astronomik hisob-kitob qiliş va mavhum materiyani örganiş hisoblanadi. Yangi teleskop Xitoyning oçiq koinotdagi tadqiqotlar borasidagi imkoniyatlarini oşirişga yordam berişi közda tutilgan. Uning yordamida Yerdan 11 milliard yoruğlik yili masofasida joylaşgan kosmik jismlarni kuzata oliş mumkin böladi.

2016 yilning boşida provinsiya hukumati teleskop qurilayotgan hududda yaşovçi 9 mingga yaqin kişini kompensatsiya tölaş şarti bilan boşqa joyga köçirgan edi.