Amerikalik yahudiylarning nohukumat taşkiloti bölmiş «Aksildiffamatsiya ligasi» Pepe qurbaqasi memini millatçilar xoçiga tenglaştirdi va uni adovat belgilari röyxatiga kiritdi. Bu haqda ADL sayti tomonidan 27 sentabrda e'lon qilingan press-relizda ma'lum qilingan.
Hujjatda aytilişiça, avvaliga qurbaqa Pepening faşistlar ramziga heç qanday aloqasi bölmagan. Ammo AQŞ prezidentligi Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida hamda “muqobil öngçilar” harakatida uşbu mem yahudiylardan nafratlaniş ramziga aylantirildi.
«Bu safar irqçilar ommaviy memni tanlab olişdi hamda undan internet foydalanuvçilari orasida nafrat va haqorat vositasi sifatida foydalanişlariga imkon yaratişdi», — dedi «Aksildiffamatsiya ligasi» boş ijroçi direktori Jonatan Grinblatt.







