Xitoyning xotira mikrosxemalari ishlab chiqaruvchi ChangXin Memory Technologies (CXMT) kompaniyasi Pentagonni sudga berdi.
Kompaniya oʻzining Xitoy harbiy sektorini qoʻllab-quvvatlovchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilganidan norozi.
CXMT va Yangtze Memory Technologies (YMTC) kompaniyalari AQShning «qora roʻyxati»ga kiritilgan boʻlib, Pentagon ularni Xitoy harbiy sektoriga aloqador tuzilmalar sifatida tasniflagan. Cheklovlarga koʻra, AQSH kompaniyalarining ularga texnologiyalar berishi va ular bilan mahsulotlarning texnik tavsifini muhokama qilishi taqiqlanadi.
Kolumbiya okrugi sudiga berilgan daʼvoda aytilishicha, Pentagonning qarori «oʻzboshimchalik» boʻlib, hech qanday asosga ega emas va kompaniyaning tegishli huquqlarini buzadi. CXMT oʻzining DRAM chiplari faqat fuqarolik va tijorat foydalanuvlari uchun: smartfonlar va kompyuterlardan tortib sunʼiy intellekt uchun moʻljallangan.
Taʼkidlanishicha, «harbiy kompaniya» maqomi uning obroʻsi va tijoriy faoliyatiga jiddiy zarar yetkazadi.










