Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Suv yetkazib beriş xizmati davlat muassasasida taʼtilda bölgan xodim majburiy ravişda işga jalb etilgani va unga nisbatan tahdidli munosabat bildirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganib çiqildi.

Qayd etilişiça, örganiş davomida xodimning qonuniy taʼtil davrida uning xohiş-irodasiga zid ravişda mehnatga jalb etilgani, yaʼni majburiy mehnatga yöl qöyilgani aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuziliş yuzasidan muassasa rahbariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 51-moddasi asosida maʼmuriy javobgarlik çorasi qöllanildi.