Jaguar kompaniyasi yangi avloddagi XF universali paydo bölganini maşinaning niqoblangan sinov prototipining suratlarini çop etib tasdiqladi. Şu bilan birga britaniyaliklar öz modellarining Sportbrake-modifikatsiyalarini ularga qiziqiş kam bölgani sabab çiqarmasliklari haqida gaplar yurgandi.
Jaguar XF Sportbrake modeli XF sedani negizida quriladi. Sedandan universalga yoruğlik-diodli boş optika ötadi, kuzovning orqa qismi esa F-Pace krossoveri uslubida bajariladi.

Maşina yukxonasining hajmi 600 litrni taşkil qiladi, orqa örindiqlar taxlangan holda esa 1700 litrgaça yetadi.
Motorlar qatoriga Ingenium oilasiga mansub ikki litrli benzin va dizel motorlar hamda 3 litrli, 6 silindrli motor kiradi. Universalning S-modifikatsiyasi 3 litrli va 380 ot kuçiga ega kompressorli 6 silindrli motor oladi.
XF Sportbrake’ning SVR ekstremal versiyasi paydo bölişi va Audi RS6’ga raqobat taşkil qilişi mumkin.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, yangi model 2017 yilda Frankfurt motorşousida ilk bor namoyiş qilinadi.









