Toşkent şahar hokimligining ma'lum qilişiça, 2 oktabr kuni “Kamolot-Tur” IX yoşlar velomarafonining Respublika bosqiçi ötkazilişi munosabati bilan soat 9:00dan 11:00ga qadar poytaxtdagi ba'zi köçalar yopiladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi bayoni bilan tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar Dasturi” hamda Toşkent şahar hokimining “Toşkent şahrida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoyişiga binoan Toşkent şahrida yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, velosport turini ommalaştirişga qaratilgan “Kamolot-Tur” IX yoşlar velomarafonining Respublika bosqiçi ötkazilişi belgilangan.
Şu munosabat bilan harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida joriy yilning 2 oktabr kuni soat 9:00dan 11:00ga qadar Nukus köçasidan (Nukus, A.Qodiriy, Abay, Navoiy, Ş.Raşidov, Mustaqillik köçalari) “Paxtakor” markaziy stadionigaça bölgan köçalarda (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Ş.Raşidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib köçalari) harakatlaniş çeklanadi.
Toşkent şahar hokimligi uşbu çeklanişlar tufayli yuzaga keladigan noqulayçiliklar uçun oldindan uzr söraydi.












