Ekvadordagi sport majmuasida sud nozirlari politsiyachilar bilan birgalikda paydo bo‘lib, order ko‘rsatib, «Everton» futbolchisi Enner Valensiya mashg‘ulotlarni to‘xtatishi kerakligini aytishdi.

Valensiya o‘zining 5 yoshli qiziga aliment to‘lashdan qochishda ayblanmoqda. Qizchaning onasi manfaatlarini himoya qiluvchi advokatlarning bildirishicha, futbolchi sobiq oilasiga 17 ming dollar berishi kerak hisoblanadi.

«Agar bu odam yetarlicha pul topayotgan bo‘lsayu, har oyda maoshining bir qismini qizchasi uchun ajratmasa, bu haqda butun Ekvador bilib oladi», — degan advokat Pol Marin.