Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari yuzaidan yiğiliş boşlandi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, yil boşida respublikada kambağallik darajasi 5,8 foizga tuşib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu körsatkiç 1,5 million nafarni taşkil etmoqda.

Işni töğri taşkil qilgan 49 ta tuman va 3429 ta mahalla işsizlik va kambağallikdan xoli hududga aylanayotgani körsatib ötildi.

Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va şahar hamda 5536 ta mahalladagi masʼullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.

Prezident barça hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini taʼkidlab, ulardan samarali foydalaniş zarurligini qayd etdi.

Yiğilişda joylarda natija bölmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.

“Mahalla yettiligi” uçun masʼul rahbarlar viloyat, tuman, şahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etiş böyiça aniq körsatmalar bermayotgani qayd etildi.

Ayrim rahbarlar yaratilgan şaroitlardan töğri foydalaniş va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berişni bilmayotgani körsatib ötildi.

Tuman va mahallada kambağallik hamda işsizlikka masʼul xodimlarda hadik borligi, heç kim masʼuliyatni öz zimmasiga olişni istamayotgani tanqid qilindi.

Kambağallikni qisqartiriş böyiça 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib çiqib, quyi tizimga doimiy ravişda aniq körsatmalar berib borişi taʼkidlandi.