"Real" hujumçisi Kriştianu Ronaldu, "Arsenal" darvozaboni Petr Çex va "Everton" yarim himoyaçisi Garet Barri hamda "Lester Siti" klubi Ginness rekordlar kitobining 2017 yilgi yangi versiyasiga kiritildi. Bu haqda Guinness World Records ma'lum qildi. 

Ronaldu "Tvitter"dagi eng maşhur sportçi sifatida (47 mln obunaçi) e'tirof etildi. Çex Angliya Premer-ligasida eng köp "quruq" öyinlar ötkazgan darvozabon (181 ta öyin), Barri esa APLda töp surgan jamoalarida asosiy tarkibda eng köp maydonga tuşgan futbolçi böldi. 

Angliyaning amaldagi çempioni "Lester" APLda rekord darajada sakraşni amalga oşirgan: "tulkilar" 2014-2015 yillardagi mavsumda APLda 14-örinni egallaşgan, keyingi mavsumda esa çempion bölib, 13 öringa yuqorilay olişgan.

 

Maanba: tribuna.uz