Samsung Electronics kompaniyasi Note brendidan voz keçadi. Bu brend ostida kompaniyaning katta ekranli smartfonlari işlab çiqarilgan. Bu haqda TASS axborot agentligiga ma'lum qilindi.  

"Samsung Electronics rahbariyati Note brendini qöllaşdan voz keçiş imkoniyatini körib çiqmoqda, çunki u bilan boğliq oxirgi voqealar bu brend nufuzini tom ma'noda yöq qildi", deb aytdi kompaniya vakili. Uning aytişiça, yangi Galaxy Note 7 smartfoni bilan boğliq mojarodan keyin iste'molçilarning bu mahsulotga işonçi yöqolgan. "Sörovlarga köra, 50 foiz söralganlar qurilmaga keskin salbiy munosabatdalar. Bu holatda yagona yeçim – uşbu brendni töliq yöq qilişdir", deb qöşimça qildi kompaniya vakili. 

Manbaning aytişiça, Galaxy smartfon seriyasi nomi özgartirilmaydi. "Rebrending juda qimmatga tuşadi", deb aytdi manba.

2 sentabrda kompaniya Galaxy Note 7 smartfonlarini unda akkumulyator batareyalari bilan aniqlangan muammolar sababli ommaviy ravişda ortga qaytarilişi va sotilişi töxtatilişini e'lon qilgandi. Bu batareyalar öz-özidan portlaşi mumkin. Kompaniya buning oqibatida 1 mlrd dollar zarar körgan. 

Kompaniya 11 oktabrda Galaxy Note 7 işlab çiqarilişi butkul töxtatilişini e'lon qildi. Kompaniya vakilining aytişiça, kompaniya "foydalanuvçilar xavfsizligi haqida qayğurişi" tufayli bunday qaror qabul qilgan.