Şvetsiya akademiyasining 2016 yilgi adabiyot böyiça Nobel mukofotini AQŞlik bastakor, qöşiqlar ijroçisi va muallifi Bob Dilanga beriş qarori şvetsiyalik adabiy tanqidçilar va jurnalistlarni, bu mukofot Dilanga berilişi bir neça yildan beri başorat qilinayotganiga qaramasdan, esankiratib qöydi.
Bu mukofot Dilanga "buyuk amerika an'analarida yangi şe'riy ifodalarni yaratgani" uçun berildi.
"Mening gapirişga tilim aylanmay qoldi, haqiqatda aylanmay qoldi. Barça tösiqlar barbod böldi. Bu adabiyotni umuman yangiça tuşunişdir", deb aytdi SVT şved televideniyesining adabiy tanqidçisi Ulrika Milles mukofotning berilişini jonli efirda şarhlaş vaqtida.
"Uning juda yaxşi qöşiqlari bor, biroq bu şe'riyatning yaxşiligini bilmayman", deb aytdi Nobel mukofotlari böyiça mutaxassis Svante Veyler.
Şvetsiya akademiyasining muqim kotibi Sara Danius mukofotning Dilanga berilişiga izoh berib, bu qarorga bir ovozdan kelinganini aytdi.
"U ijro qiliş uçun möljallangan şe'rlar yozadi. Bunda Dilan ijodi ildizlari bilan qadimiy greklar an'analariga qarab ketadi, ularning şe'riyati ham ma'lum usulda ijro etilgan. Dilanning ijodiyotida çuqur an'analar aks etgan, ular yuqori badiiy darajada musiqa bilan uyğunlaştirilgan", deb aytdi Danius.
Bob Dilan – amerikalik qöşiqçi va qöşiqlar matni muallifi. Uning "Blowin' in the Wind", "The Times They Are a-Changin", "Knockin' on Heaven's Door" deb nomlangan qöşiqlari amerika aksilharbiy harakati va fuqarolik huquqlari madhiyalariga aylangan.
Adabiyot böyiça Nobel mukofoti uning asosçisi Alfred Nobel tomonidan berilişi vasiyat qilingan beşta mukofotdan biri hisoblanadi. Mukofotni topşiriş marosimi 10 dekabrda Nobelning vafot etgan kunida ötkaziladi. Bu yilgi Nobel mukofoti miqdori 8 mln şved kronini (932 ming AQŞ dollari) taşkil qilmoqda.







