Şved akademiyasi adabiyot yönalişida Nobel mukofotiga sazovor bölgan Bob Dilan bilan boğlanişning uddasidan çiqmadi. Bu haqida 14 oktabr, juma kuni akademiya matbuot kotibi Ulrika Çellin TASS agentligiga ma'lum qildi.
"Biz uning agenti bilan boğlandik, biroq Bob Dilan Las-Vegasdagi konsertidan oldin uxlayotgan ekan, şu bois u bilan şaxsan gaplaşa olmadik", - deya ta'kidladi u. Çellin Şved akademiyasining doimiy kotibasi Sara Danius kun böyi Dilanga qönğiroq qilib tuşişga harakat qilganini ta'kidladi.
Manbaga köra, u Dilanning 10 dekabrda bölib ötadigan mukofotni topşiriş marosimiga keliş-kelmasligini aniqlaşi zarurligini aytgan.
Keça 13 oktabr, payşanba kuni Las-Vegasda Dilanning konserti bölib ötdi. The Guardian ma'lumotiga köra, konsert davomida qöşiqçi Nobel mukofoti haqida heç narsa demagan.
Şu kuni Dilan "Amerika qöşiqçilik an'analari doirasidagi yangi şe'riy ifodalari uçun" mukofotga munosib körilgan. Mukofot puli 2016 yilda 8 million şved kronini (923 ming AQŞ dollari) taşkil qildi. Sara Danius ekspertlarni bunday qaror uçun ayblamasliklariga umid bildirdi va Bob Dilanni Gomer va Safoga tenglaştirdi.








