Amerikalik musiqaçi va şoir Bob Dilan adabiyot yönalişi böyiça 2016 yilgi Nobel mukofoti egasiga aylandi. Bu haqda Şvetsiya akademiyasi ma'lumotida keltirilgan.

Qayd etilişiça, unga mukofot "Amerika qöşiqçilik an'analarida yangi poetik ifodalari" uçun taqdim etilgan.
Mukofotni topşiriş marosimi an'anaga köra, 10 dekabr kuni Stokgolm şahrida bölib ötadi.
2016 yilda mukofotning pul qiymati 8 million şved kronasiga (923 ming dollar) teng böldi.
Bukmekerlik idoralari ğolib böliş uçun yaponiyalik yozuvçi Haruki Murakami, keniyalik yozuvçi Ngui Va Txiongo, norvegiyalik dramaturg Yun Fosse, amerikalik klassik Filipp Rott, suriyalik şoir Adons hamda amerikalik prozaik Don Deliloning imkoniyatlarini yuqori baholaşayotgandi.

Haqiqiy ismi-şarifi Robert Allen Tsimmerman bölgan Bob Dilan - rok musiqada kult figura hisoblanib, zamonaviy musiqaçilar orasida eng maşhurlaridan biridir. Uning bir qança kompazitsiyalari AQŞda fuqarolik huquqlari uçun kuraşda foydalanilgan (masalan, Blowin' in the Wind i The Times They Are a-Changin' qöşiği). 75 yoşli Dilan 2 karra «Gremmi» mukofoti olgan. 2000 va 2001 yillarda u «Vunderkindlar» filmiga yozilgan saundtrek uçun «Oskar» hamda «Oltin globus» mukofotlari bilan taqdirlangan.
Eslatib ötamiz, Adabiyot yönalişi böyiça 2015 yilgi Nobel mukofoti «Davrimiz qiyinçiliklari haqidagi turfa tovuşli asarlari» uçun belaruslik şoira Svetlana Aleksiyeviçga berilgandi.








