Sport | 10:56 / 14.10.2016
6727
2 daqiqa o‘qiladi

APL hakamlari qaysi jamoalarga muxlislik qiladi? Ulardan faqat biri APL ishtirokchisini nomini ko‘rsatdi

Foto: Telegraph

The Telegraph nashri tomonidan Angliya premer-ligasi hakamlari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasida ularning qaysi klublarga muxlislik qilishi ma'lum qilindi.

Hakamlar asosan quyi ligalar jamoalarini ko‘rsatishgan. Faqat Jonatan Moss «Sanderlend» fanati ekanini tan olgan. Mark Klattenburg va Maykl Oliver uzoq yillar davomida yuqori ligada o‘ynagan, o‘tgan mavsumda chempionshipga ravona bo‘lgan «Nyukasl» nomini ko‘rsatishgan. Shuningdek, Andre Marriner ilk marta chempionshipda ishtirok etayotgan «Aston Villa»ga muxlislik qilishini bildirgan.

Martin Atkinson – Bredfordda tug‘ilgan, «Lids» muxlisi
Styuart Ettuel – Nuniton, «Luton»
Mark Klattenburg – Konsett, «Nyukasl»
Mayk Din – Uirral, «Tranmer»
Rojyer Ist – Uiltshir, «Selisberi»
Kevin Frend – Bristol, «Bristol Siti» va «Lids»
Saymon Xuper – Uiltshir, «Suindon»
Mayk Jons – Chester, «Chester»
Robert Medli – Ueykfild, «Haddersfild»
Andre Marriner – Birmingem, «Aston Villa»
Li Meyson – Bolton, «Bolton»
Jonatan Moss – Sanderlend, «Sanderlend»
Maykl Oliver – Eshington, «Nyukasl»
Kreyg Pouson – Janubiy Yorkshir, «Sheffild Yunayted»
Nil Suorbrik – Preston, «Preston»
Entoni Teylor – Uitenshou, «Oltrinhem».

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid