Google qidiruv xizmati bir neça oydan beri mobil qurilmalar orqali qidirilayotgan sörovlar böyiça alohida sahifalarni taqdim etiş ustida işlamoqda. Bu haqda, Google veb-tahlilçisi Geri Ilş Pubcon anjumanida ma'lum qilgan, deya xabar qilmoqda Search Engine Land.

Ilk tinglovçilarining sözlariga köra, ğoyaga muvofiq, desktop kompyuterlariga möljallangan manbalardan mustaqil bölgan alohida bazani yaratiş ustida iş olib borilayapti. Mobil manbadagi saytlar kompyuterlar qidiruv xizmatiga nisbatan köproq yangilanadi. 

Şu bilan birga, kompaniya mobil indeksga birlamçi e'tibor beradi. Engadget naşrining yozişiça, ikkita turli indeksning bölişi esa, telefon va stol kompyuteridan Google qidiruviga bir xil savol bergan foydalanuvçi ikki xil natijaga ega bölişini anglatadi. 

Bunday yondaşuvning murakkab tomoni şundaki, mobil saytlar egalari odatda ularga kamroq havola va sözlarni kiritadi. Ammo, ayni şu narsa Google xizmatiga ularni tezroq indeks qilişiga yordam beradi. 

Search Engine Land naşrining qayd etişiça, Ilş köpgina savollarga javob bermagan. Masalan, desktoplardan kiritilgan sörovlarga javob berişda mobil indeksdan foydalaniladimi?, degan savol oçiq qolgan. 

Avval ham Google mobil qurilmalar tomon keskin qadamlar taşlagan edi. Xususan, aprel oyida natijalarni taqdim etiş algoritmini özgartirib, mobil saytlarga köproq e'tibor bera boşlagandi.