«Yuventus» jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon YeÇLning 3-turida «Lion»ga qarşi safarda keçgan va 1:0 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan uçraşuvdan keyingi fikrlarini bildirib ötdi.
Italiyalik darvozabon bu uçraşuvda belgilangan penaltini bartaraf etdi va jamoasini bir neça marta muqarrar gollardan qutqarib qoldi.
«Odamlar meni istaganiça kömişi mumkin, lekin dafn marosimiga heç kim kelmaydi. Men avval ham aytganman, hamişa özimga tanqidiy köz bilan qarayman. Şu bilan birga menga işonçsizlik va hurmatsizlik körsatadigan kişilarni tinglaşni ham istamayman.
Keyingi vaqtlarda köp ahmoqona fikrlar uçramoqda. Ularning faqat birini töğri qabul qila olişim mumkin. Bu şunday fikr: «Axir men Buffondan köproğini kutgandim». Ha, men hamişa bunday gapni qalbim bilan tinglayman», – deya Buffonning sözlarini keltirgan Football Italia.









