21:31 / 19.10.2016
14616

Kechki dayjest: 19 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 19 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Farg‘onada harbiy vertolyot qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi


Foto: AFP/Arxiv surat

2016 yilning 18 oktabr kuni Farg‘ona viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining reja asosida parvoz qilgan Mi-171 vertolyoti halokatga uchradi. Halokat oqibatida 3 ekipaj a'zosi va vertolyotda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 6 harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev «Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazi»ni tashkil etishni g‘oyasini ilgari surdi


Foto: uza.uz

Avval xabar berilganidek, Toshkentda IHT TIVKning 43-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Kuni kecha, uning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, sessiya qatnashchilari oldida ma'ruza qildi.

>>> Batafsil.

Toshkentda chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun tariflar oshiriladi


Foto: Norma

Joriy yilning 1 noyabridan e'tiboran «Maxsustrans» davlat ishlab chiqarish boshqarmasi Toshkent aholisiga va korxonalarga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflarni oshiradi.

>>> Batafsil.


4 yoshli qiz internet ahlini lol qoldirdi

4 yoshli poliglot (ko‘p tillarni bilish) qiz Bella Devyatkina internet ahlini lol qoldirdi. U 7 ta tilda, jumladan rus, ingliz, xitoy va arab tillarida so‘zlashadi.

>>> Batafsil.

Video: Maniladagi AQSh elchixonasi oldidagi namoyish vaqtida politsiya mashinasi odamlarni bosib yanchdi


Foto: © AFP

Filippin politsiyasi avtomobili Maniladagi AQSh elchixonasi oldida namoyish uyushtirayotgan odamlar ustiga bostirib bordi. “Assoshieyted Press” agentligi xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar bor.

>>> Batafsil.

AQSh musulmonlari: «Tramp uchun arabcha yozuvning o‘ziyoq qo‘rqinchli»


Foto: Reuters

AQShning Detroyt shahriida istiqomat qiluvchi arab tilida so‘zlovchi fuqarolar mamlakat prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Donald Trampni o‘ziga xos tarzda tanqid qilishdi.

>>> Batafsil.

70 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi


Foto: nytimes.com

Turli sohalardagi yetakchi olimlar, Nobel mukofoti sovrindorlari guruhi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni AQShda erkinlikni himoyalashga yagona imkoniyat deb atab, uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi.

>>> Batafsil.

Madriddagi muhojirlar norozilik bildirmoqda


Foto: ABC

Ispaniya poytaxti xorijliklarni vaqtincha saqlash markazidagi o‘nlab noqonuniy muhojirlar norozilik uyushtirishdi.

>>>  Batafsil.

Qozog‘iston quyi palatasi Boyqo‘ng‘ir maqomini o‘zgartirishni ma'qulladi


Foto: RIA

Qozog‘iston parlamenti Majilisi (quyi palatasi) RF bilan Boyqo‘ng‘ir maqomi bo‘yicha mavjud bitimga o‘zgartish kiritishga oid kelishuvni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

>>> Batafsil.

Qirg‘iziston parlamenti Konstitutsiyaning asl nusxasini yo‘qotib qo‘ydi


Foto: kabar.kg

Qirg‘iziston parlamenti mamlakat konstitutsiyani o‘zgartishga oid referendumni tayinlash bo‘yicha qonun loyihasini muhokama qilayotgan vaqtda deputatlar bir jihatga e'tibor qaratishgan.

>>> Batafsil.

Belgiyada rossiyaliklarning aybloviga javob qaytarildi


Foto: Reuters

Belgiya Qirolligi Mudofaa vaziri Stiven Vandeputning ma'lum qilishicha, belgiyaliklar samolyotlari Halab yaqinida tinch aholi ustiga bomba yog‘dirmagan.

>>> Batafsil.

Qrim Rossiyaning ajralmas qismi deb tan olindi


Foto: RIA

Suriya hukumati Qrim respublikasini Rossiyaning ajralmas qismi deb tan oldi. Suriya parlamenti raisi Hadiya Abbos Sputnik agentligiga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.

>>>  Batafsil.

Muxbirlar Malibudagi qirg‘oq bo‘yida Jolini baxtiyor holda uchratishdi

Kaliforniyalik muxbirlar aktrisa Anjyelina Jolini turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan ajralishi haqidagi xabardan so‘ng ilk marta suratga olishga muvaffaq bo‘lishdi.

>>> Batafsil.

Facebook messenjerida suhbat uchun mavzular taklif qilish funksiyasi paydo bo‘ladi


Foto: techcrunch.com

Facebook messenjeri foydalanuvchilarga suhbat uchun mavzular taklif qilishga o‘rgatildi. TechCrunch nashri xabar berishicha, ayni vaqtda tegishli funksiya sinovdan o‘tkazilmoqda.

>>>  Batafsil.

Soat kabi ishlaydi: Shveytsariyaning ilk elektrik samolyoti havoga ko‘tarildi


Foto: nat-geo.ru

Hamilton vakillarining ishonchi komil: elektrik dvigatelli havo kemalari  -  yo‘lovchi va sport aviatsiyasining kelajagi.

>>> Batafsil.

MMA turnirida bolalar ishtirokini tanqid qilgan Pavel Kolobkov Rossiya Sport vaziri bo‘ldi


Foto: © RIA Novosti

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mamlakat prezidenti tavsiyasiga binoan Sport vaziri o‘rinbosari Pavel Kolobkovni vazirlikning yangi rahbari etib tayinladi.

>>> Batafsil.

«Atletiko» «Rostov»ga qarshi safar o‘yini uchun olingan chiptalarning barchasini qaytarib yubordi

Nazvaniye

«Atletiko» klubi Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida «Rostov» klubiga qarshi kechadigan o‘yin uchun ajratilgan chiptalardan birortasini sota olmadi.

>>> Batafsil.

Xitoylik besh karra Olimpiada chempioni 23 yoshida faoliyatini yakunladi


Foto: Getty Images

Besh karra olimpiada chempioni, xitoylik Chen Jolin o‘zining professional faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Top