Ispaniya poytaxti xorijliklarni vaqtinça saqlaş markazidagi önlab noqonuniy muhojirlar norozilik uyuştirişdi. Bu haqda, El Confidencial xabar qilmoqda.

60 nafarga yaqin muhojirlar markaz xavfsizlik xizmati xodimlari talablariga böysunişdan böyin tovlab, ular bilan ziddiyatga borgan. Bunda, ularning bir qismi binoning tomiga çiqib olgan. Muhojirlarning aksariyati jazoirlik ekani aytilmoqda. 

Muhojirlar özlarining mamlakatdan çiqarib yuborilişiga qarşilik körsatiş maqsadida «isyon» kötargan. Ammo, mazkur aksiya avvaldan rejalaştirilgani xabar qilinmoqda. Şuningdek, huquq-tartibot xodimlari orasida jabrlanganlar borligi haqida axborotlar mavjud.