Jamiyat | 09:51 / 19.10.2016
10556
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun tariflar oshiriladi

Foto: Norma

Joriy yilning 1 noyabridan e'tiboran «Maxsustrans» davlat ishlab chiqarish boshqarmasi Toshkent aholisiga va korxonalarga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tariflarni oshiradi. Bu haqda «Maxsustrans» shahar foydalanish bo‘limiga asoslanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

«Maxsustrans» tomonidan taqdim etilgan hujjatda ko‘rsatilishicha, 1 noyabrdan boshlab xizmat narxlari 6,6 foizga ko‘tariladi.

Xususan, aholiga qattiq maishiy chiqindilarni yo‘q qilish xizmatini ko‘rsatish — kishi boshiga oyiga 3 000 so‘mdan — 3200 so‘mga oshadi.

Qattiq maishiy chiqindilarni yo‘q qilish xizmatini ko‘rsatish narxi ham byudjyetdagi, ham xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar uchun birday oshirildi — bir metr kubga 38390 so‘m (eski tarif — 35 991 so‘m).

Axlatni olib chiqib ketish xizmatini ko‘rsatish har ikki turdagi korxona va tashkilotlar uchun — bir tonnaga 14346  so‘m (eski tarif —13 449,4 so‘m).

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta maishiy chiqindilarni olib chiqish narxlari shu yilning 11 mayida oshirilgan edi.

Mavzuga oid

E`lonlar