Beş karra olimpiada çempioni, xitoylik Çen Jolin özining professional faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi. 23 yaşar sportçi soğliğidagi muammolar sabab mana şu qarorga kelgan. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.

"Sportçiga nisbatan böynining qayrilgani borasida taşxis qöyilgan. Agar Jolin şu ahvolda davom etsa, unda uning soğliğida muammo paydo böladi", deydi suvga sakraş böyiça Xitoy termasi murabbiyi Çjou Çjixong.

Jolin 10 metr balandlikdan suvga sakraş yönalişida bahslarda qatnaşgan. U Pekin va Londonda ötgan Olimpiada öyinlarida 4ta oltin medalni qölga kiritgan. 2016 yilgi öyinlarda esa xitoylik sportçi 10 metrdan sinxron usulda sakraş bahsida oltin medal sohibi bölgandi.