4 yoşli poliglot (köp tillarni biliş) qiz Bella Devyatkina internet ahlini lol qoldirdi. U 7 ta tilda, jumladan rus, ingliz, xitoy va arab tillarida sözlaşadi.
Qizça "Rossiya 1" kanalidagi "Udivitelnyye lyudi" ("Ajoyib odamlar") dasturida iştirok etdi. U iştirokida bu dasturdan yozib olingan lavhalardan biri feysbukda bir kunda 150 mingdan köproq marta namoyiş qilindi.
YouTube’da bu lavha 16 oktabrda çop etilgan bölib, ayni vaqtgaça 140 ming martadan köproq körilgan.










