Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrim Rossiyaning ajralmas qismi deb tan olindi
Suriya hukumati Qrim respublikasini Rossiyaning ajralmas qismi deb tan oldi. Suriya parlamenti raisi Hadiya Abbos Sputnik agentligiga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.
«Biz, Qrim — Rossiyaning ajralmas qismi deb tan olamiz», — degan Hadiya Abbos. Uning ta'kidlashicha, Suriya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklikka asoslangan va istiqbollidir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim Sovet Ittifoqining hududi bo‘lgan, «SSSR parchalanganidan so‘ng hozirgi davrgacha sodir bo‘lgan voqealar tufayli ushbu subekt Qrimda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi natijasida o‘zining avvalgi davlatchiligiga qaytdi. Natijalar yarimorol aholisining manfaatlarini aks ettirar edi».
2014 yil 18 martda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal kengashga murojaat qilib, Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahrini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish bo‘yicha murojaat qildi. Shundan so‘ng, tomonlar maxsus shartnomani imzolashdi. Uning asosida Rossiya tarkibiga Qrim Respublikasi va federal ahamiyatga molik Sevastopol shahri kiritildi.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026