Rossiya AQŞ prezidentligiga nomzodlar tomonidan hamkorlik qiliş istagi bildirilgan taqdirda, ularning har biri bilan muloqot qilişga tayyor. Bu haqida RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov respublikaçilar nomzodi Donald Trampning Rossiyaga taşrif buyurişi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh berayotib, jurnalistlarga ma'lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
“Rossiya yaqin munosabatlar, hamjihatlik, hamkorlik tarafdori, şunday ekan, Moskva har qanday muloqot qiliş istagiga ijobiy munosabat bildirişga tayyor”, - dedi Peskov. Şuningdek matbuot kotibi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “mamlakatlar örtasidagi aloqalar rivojini istovçi har qanday nomzod bilan tanişişga va u bilan suhbatlaşişga tayyor”ligi haqidagi sözlarini eslatib ötdi.
Bundan avval Tramp 2016 yilning 8 noyabrida bölib ötadigan saylovlarda ğalaba qozonganadigan bölsa, Rossiya davlat rahbari bilan lavozimga rasman kirişişdan avvaloq uçraşişga tayyor ekani ma'lum qilingandi.
AQŞning yangi prezidenti an'anaga köra, saylovdan söng 2017 yilning yanvarida rasman iş boşlaydi.












