Kodak kompaniyasi taniqli va barçaga ma'lum nomiga qaramay, elektron bozorga öziga xos xususiyatga ega bölmagan smartfonlarni işlab çiqariş befoyda ekanini tuşungan holda ikkinçi urinişni amalga oşirdi va bu esa birinçisiga nisbatan ança omadliroq bölişi kutilmoqda.
Ektra nomli yangi qurilma uzoq 1941 yillari işlab çiqarilgan aynan şu nomdagi kameraga öxşaş qilib yaratilgan. Smartfonning orqa paneli qulay tutiş uçun korpusning pastki qismidagi ilgak va sun'iy teri bilan qoplangan. Smartfon çetlari "metall ostida"gi plastik örnatmalar bilan mustahkamlangan. Biroq qurilmaning asosiy "bezagi" f/2.0 aperturali, optik barqarorlaştiruvçi tizimli, fazali avtofokus, ikki xil rangdagi yoritiş çiroqlariga ega va 4K video yoza oladigan 21-megapiksellik Sony IMX230 kamerasi hisoblanadi.
Kamerafonning boşqa xususiyatlari unçalik ham közga taşlanarli emas va bu esa qurilmani iPhone 7, Galaxy S7 Edge yoki Google Pixel flagmanlari bilan soliştiriş imkoniyatini bermaydi. Ammo foydalanuvçi uçun sifatli fotosurat va qurilmaning ajoyib taşqi körinişi muhim bölsa, unda Kodak Ektra bunday talablarga töliq javob bera oladi.
Yangi qurilma FullHD hajmdagi 5-dyuymli IPS-displey, ön yadrolik MediaTek Helio X20 protsessori, 3 GB operativ xotira va 32 GB örnatilgan xotira, 128 GBgaça bölgan microSD kartalari uçun slot, 13-megapiksellik old sensor va 3000 mAs akkumulyator bilan jihozlangan. Operatsion tizim rolini Android 6.0 Marshmallow amalga oşiradi va qöşimça sifatida suratlarni tahrir qiluvçi dasturlar, Snapseed fototahrirçisi va qöl sozlamalari orqali suratga oliş rejimi örnatilgan.
Kodak Ektra Yevropa bozoriga dekabr oyida 499 yevro narxida sotuvga çiqadi.































