Heat Street naşrining xabariga köra, «Taxtlar öyini» fentezi-serialining ssenariysi tarmoqda paydo böldi. Naşr barça epizodlarning yehtimoliy qismlari hikoya qilingan maqolani çop etdi. 

Ma'lumot Reddit  ijtimoiy xabarlar saytida Free Folk akkauntida e'lon qilindi. Keyinçalik esa, akkaunt öçirib yuborildi.

Bu ma'lumot rasmiy serial ssenariysiga aloqasi borligi yoki kimningdir öyini ekanligi haqida heç qanday ma'lumot mavjud emas. Avvalroq esa, Free Folk oltinçi faslning aniq spoylerlarini e'lon qilgan edi. 

Serialda Deyneris Targariyenning yordamçisi rolini ijro etuvçi Britaniyalik aktrisa Natali Emmanuel,  tarmoqga yangi epizodlarning spoylerlarini tarqatuvçilarni aybladi. 

«Yettinçi faslni buzuvçilar borligi açinarli xol», — deb yozib qoldirdi aktrisa öz Twitter sahifasida.