AQŞ televizion san'at va fanlar akademiyasi 2018 yilgi «Emmi» mukofoti ğoliblarini e'lon qildi. Taqdirlaş marosimi Los-Anjyelesda bölib ötdi.
«Eng yaxşi dramatik serial» nominatsiyasida oliy mukofotga «Amerikaliklar», «Toj», «Juda ğalati işlar», «Yovvoyi Ğarb olami», «Oqsoçning hikoyasi», «Bu bizmiz» seriallari ham da'vogarlik qildi. Ğoliblik «Taxtlar öyini» serialiga nasib etdi.
Mettyu Riz «Amerikaliklar» serialidagi işi uçun eng yaxşi aktyor, Kler Foy esa «Toj»dagi roli uçun eng yaxşi aktrisa deb topildi.
Eng qisqa serial uçun mukofot «Janni Versaçening öldirilişi» serialiga topşirildi. Unda italiyalik dizaynerning qotili rolini öynagan Derren Kriss ham mukofotga sazovor böldi.








