Bosh vazir virtual qabulxonasi qay tartibda ishlaydi?

Foto: pm.gov.uz
Izchillik bilan amalga oshirilayotgan jarayonning birinchi bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatini mas'ul xodim qabul qilib, axborot tizimiga kiritadi.
Ikkinchi bosqichda maxsus ishchi guruhi o‘rgangach, tegishli vazirlik, idora va hokimliklarga murojaat qilinadi.
Uchinchi bosqichda murojaatlar vazirlik, idora va hokimiyat organlarida qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilib, ko‘tarilgan masalalar hal etilmoqda. Bu haqda pm.gov.uz orqali yoki yozma ravishda tasdiq olinadi.
To‘rtinchi bosqichda ishchi guruhi tomonidan ikki ish kunida tegishli vazirlik, idora va hokimliklarning murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal etish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqiladi. Agarda muammo yuzasidan qoniqarsiz qaror qabul qilingan bo‘lsa, ariza Bosh prokuraturaning axborot tizimiga arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zLiDePning Toshkent viloyati kengashidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi huquqshunosi Sanjar Evadillayev ma'lum qilmoqda.
O‘zLiDeP qabulxonasi orqali hozirga qadar 1,8 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ularning 40 foizi propiska, biopasport olish va fuqarolik masalalariga taalluqli. Ma'lum qismini sodir etilgan o‘g‘irlik, firibgarlik holatlari, shuningdek, tergov harakatlarini amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ichki ishlar organlariga ishga kirish va qayta tiklash, banklardan sarmoya olish va shu kabi masalalar tashkil etayotir.
Ayni vaqtda murojaatlarning 1 ming 480 tasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lsa, 320 murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan.
Bu raqamlar Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan har bir murojaat qat'iy nazoratga olinganidan, ularda ko‘tarilgan masalalar tezda yechim topayotganidan dalolatdir.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Astronomlar yulduzlarni parchalovchi «daydi» qora tuynukni kashf etdi
Fan-texnika | 22:31
-
Pokiston Hindiston hujumlariga javobni kechiktirishga qaror qildi
Jahon | 22:15
-
Eron 11 may kuni yadroviy masalalar bo‘yicha AQSh bilan muzokaralar o‘tkazishga rozi bo‘ldi
Jahon | 22:02
-
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
Jahon | 21:20
Mavzuga oid

22:07 / 22.04.2019
Qozog‘iston prezidentining virtual qabulxonasi ishga tushirildi

17:47 / 31.05.2018
Davlat xizmatlari agentligini tashkil etish zaruriyati nega paydo bo‘lgandi?

17:28 / 20.02.2018
Barcha tashkilot rahbarlarining virtual qabulxonalari 25 fevralga qadar yopiladi

10:40 / 01.02.2018