ABBA şved pop-guruhining 4 nafar a'zosi – Agneta Feltskog, Born Ulveus, Benni Andersson va Anni-Frid Lingstad yangi raqamli köngiloçar loyihaga tayyorgarlik köriş uçun birlaşişga qaror qilişdi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, loyiha özida virtual reallik va sun'iy ongni mujassamlaştiradi. Şou prodyuseri Spice Girls guruhining sobiq menejyeri Saymon Fuller böladi.
"Biz avval özimizga tasavvur qilmagan, köngilxuşlikning yangi körinişlarini yaratişga imkon beradigan yangi texnologik olamni örganmoqdamiz", deb aytildi Fuller xabarida.
Guruh a'zolaridan biri Anni-Frid Lingstadning aytişiça, guruh muxlislari ançadan beri musiqaçilarning birlaşişi imkoni haqida sörab kelişmoqda.
"Umid qilamanki, ABBAning yangi loyihasi men kabi ularni ham qiziqtiradi", deb aytdi qöşiqçi.
Yangi şouning tafsilotlari keyingi yilda ma'lum böladi.
ABBA guruhi 1972 yilda taşkil topgan va 1982 yilda tarqab ketgan. 10 yil davomida guruh 8 ta albom çiqargan va Skandinaviyaning eng muvaffaqiyatli pop-guruhi bölgan: guruhning albomlarining umumiy nuxasi 350 mln donadan oşib ketgan.
Guruh tarqab ketgandan keyin ular bir martagina – 2016 yil iyunida Ulveus va Andersson ijodiy hamkorligi boşlanişining 50 yillik şarafiga birlaşişgandi.










