Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktori Dilşod Sultanovga hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
«Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamğarmasi ijro etuvçi direktoriga (Sultanov) Toşkent şahar Şayxontohur tumanida yaşovçi M. Xodjaxanova farzandi 14 yoşidan beri oyoğida metall protez bilan yurişini va har yili komissiya körigidan ötiş juda oğirligini körsatib, doimiy nogironlik masalasini hal etişda yordam sörab qilgan murojaatini uzil-kesil hal qiliş örniga rasmiyatçilik bilan javob berganligi uçun hayfsan e'lon qilinsin», — deyilgan xabarda.








