Bolalar ombudsmani Samarqand viloyati Narpay tumanida öquvçiga qöl kötargan direktor örinbosari işi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda «Narpayda maktab direktori örinbosari öquvçini kaltakladi» sarlavhasi ostida tarqalgan videodagi holat Bolalar ombudsmani tomonidan örganilgan.
Aniqlanişiça, holat joriy yil 20 noyabr kuni sodir bölgan. Narpay tumani 6-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi A.X. (2010 yilda tuğilgan, öğil bola) dars vaqtida öquv qurollari qolib ketgani sabab ularni olib keliş maqsadida mazkur maktabning öquv işlari böyiça direktor örinbosari Ş.M.dan (1991 yilda tuğilgan, ayol) ruxsat söragan.
Öqituvçi ruxsat bermagani sababli özaro janjal yuzaga kelib, Ş.M. voyaga yetmagan öquvçini urişib, uning yuz qismiga urgan va sinfdan çiqarib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.X.ga nisbatan tan jarohati böyiça sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Öz kasbiy vazifasiga zid bunday harakati uçun öquv işlari böyiça direktor örinbosari M.Ş.ga MMTB tomonidan hayfsan intizomiy jazosi qöllangan.
Avvalroq Örta Çirçiqda 9-sinf öquvçisi sinfdoşlari tomonidan kaltaklangani, Toşkentda litsey öqituvçisi öquvçini döpposlagani töğrisida xabar berilgandi.











