Farğona viloyati, Bağdod tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Qahramon Murtazoqulovga hayfsan intizomiy jazosi berildi. Bu haqdagi farmoyiş tuman hokimi Yusufjon Xusainov tomonidan 22 noyabr kuni imzolangan.

Hujjatda qayd qilinişiça, Qahramon Murtazoqulov davlat fuqarolik xizmatçisining odob-axloq qoidalarini «qöpol ravişda buzgan». Unga Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan hayfsan berilgan.
Avvalroq, Bağdod tumanidagi pedagogika kollejining zimmasiga gazeta va jurnallarga obuna böliş uçun qariyb 24 mln söm reja qöyilgani, bu talabni bajara olmagan kollej direktor tuman hokimining örinbosari tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgan edi. Kun.uz manbasining tasdiqlaşiça bu örinbosar aynan Qahramon Murtazoqulov böladi.

Bağdod tumani prokuraturasi xabariga köra, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.









