Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi S-Class tasnifidagi avtomobillari uçun yangi dvigatellarini taqdim etdi. Kompaniyaning eng maşhur modellari avvalgilaridan ançagina qudratli sakkiz va olti silindrli benzinda harakatlanuvçi hamda öz tarixidagi eng kuçli dizelli agregatlarga ega böladi.
Restayling qilingan S-Class maşinalariga 4 silindrli, ikkita turbinaga ega V8 motori örnatiladi. Bu dvigatellarda Mercedes-AMG GT superkari va Mercedes-AMG E 63 supersedani motorlarining 4.0 texnologiyasi qöllaniladi.
Yangi «sakkizlik» hozirgi 455 ot kuçiga ega, 4,7 litrli V8 motorni almaştiradi. Kompaniyada qayd etişlariça, yangi dvigatel samaradorligi eskisiga qaraganda 5 foizga oşişi barobarida, örtaça yonilği sarfi 10 foizga kamayadi. Bunga, silindrlarning yarmini kiçik yuklamalarda töxtatuvçi tizim tufayli erişiladi. Mazkur tizim daqiqasiga 900dan 3250gaça aylanişda işga tuşadi.

Bundan taşqari, restayling qilingan S-Class uçun bir qatorli oltilik motor ham işlab çiqilgan. U past kuçlanişlarda qöl keluvçi elektr kuçaytirgiçga ega. Elektr purgagiç 48 voltli tizimda işlaydi. Bu tizim ilk bora Audi SQ7 modelining «kuçaytirilgan» sakkiz silindrli motorida qöllanilgan.

«Mersedes»ning yangi motori 407 ot kuçiga ega böladi. Hozirgi S-Class modellariga örnatiladigan dvigatellarning kuçi esa 333 ot kuçiga tengdir.
Şu bilan birga, Mercedes-Benz kompaniyasining maşhur modellari uçun 312 ot kuçiga ega, bir qatorli «oltilik» dizel motorini ham taqdim etgan. U 257 ot kuçiga ega V6 agregatini almaştiradi. Yangi motor uşbu kompaniya tarixida oğir yoqilğida işlovçi eng kuçli dvigatelga aylanadi.









