Samsung kompaniyasining Galaxy S7 va S7 Edge hamda Galaxy S6 va S6 Edge smartfonlari egalarida muammo çiqdi. 

Android Central naşrining forumidagi köplab şikoyatlarga işonilsa, oxirgi bir neça kun davomida smartfondagi standart poçta dasturida maktublarni yoziş juda qiyinlaşgan. Ba'zi foydalanuvçilar poçta dasturida klaviatura nobarqaror işlayotganini payqaşgan.

Misol uçun, avtokorrektsiya funksiyasi sözlarni avtomatik ravişda notöğrilariga özgartira boşlagan: foydalanuvçi Three sözini yozmoqçi bölganda, klaviatura uni avtoözgartiriş funksiyasi öçiq bölganiga qaramasdan avtomatik ravişda Ttree söziga özgartirgan. 

"Men qöllab-quvvatlaş xizmatiga ikki marta murojaat qildim va u yerdan kimdir mening qurilmamga masofadan kirgan. Men klaviaturaning barça sozlanmalarini taşlab yubordim, biroq muammo baribir qolgan", deb yozildi forumda.

Yana bir foydalanuvçi xuddi şu muammolarni qayd qilib ötgan, biroq u muammoni Google Keyboard klaviaturasini örnatiş bilan hal qila olganini aytgan.

Hozirça maktublarni yozişda nega muammo paydo bölayotgani noma'lum. Ehtimol bunga Samsung dasturçilari serverlarni özgartirayotgani yoki standart klaviaturaning yangi versiyasini tayyorlayotgan bölişlari sabab bölişi mumkin.