Rimning eng diqqatga sazovor joylaridan biri – Kolizeyning kuzatuvçisi Françesko Prosperetti Italiyada yaqinda yuz bergan zilzila oqibatida qadimiy obidaning qulaşi mumkinligidan xavotir bildirdi. Ta'kidlanişiça, "yangi dunyo mö'jizalaridan biri" yana bir zilzilaga doş berolmay, özining ikki ming yilligigaça yetib bormasligi mumkin.

Prosperetti Corriere della Sera naşriga bergan intervyusida har bir yangi zilzila ikki ming yillik inşootga borgan sari xavfli yuklama tuğdirayotganini, undagi yoriqlar kattalaşayotganini ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, 30 oktabrda Kolizey tekşiruvdan ötkazilgan, uning yakunlariga köra uning bir qismini taşrif buyuruvçilarga yopişga qaror qilingan. Binoning boşqa qismi, ya'ni Forum, Panteon hamon oçiqligiça qolmoqda.

Arxeolog Alessandro D'Alessio qadimgi rimliklar Italiyadagi seysmologik vaziyatdan xabardor bölişgani va ular binolarni şuni hisobga olib qurişgani haqidagi fikrni aytib ötdi. 

Qurilişi 80-yilda bitkazilgan Kolizey öz tarixida bir neça zilzilalarni boşdan keçirgan. 1349 yildagi bunday zilzilalardan biri oqibatida imoratning janubiy qismi qulab tuşgan, 1703 yildagi zilzila ham unga ançagina talofat yetkazgandi.