Amerikaning Microsoft kompaniyasiga köra, Windows dasturiy ta'minotidagi zaif nuqtalariga kiberhujumlarni uyuştirgan xakerlar ortida Rossiya hukumati turadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Endilikda, internet-korporatsiya platforma xavfsizligi borasida paydo bölgan “tirqiş”ni bekituvçi dastur işlab çiqişini aytmoqda. U 8 noyabrda ommaga havola qilinadi.

Microsoft fişing maktublaridan foydalanilgan holda hujum qilingani haqida söz yuritgan. Bu maktublarni Fancy Bear kabi ançagina maşhur Strontium xakerlik guruhi jönatgan. Mazkur guruh Rossiya mudofaa vazirligi taşqi razvedka xizmatiga işlaydi, deb hisoblab kelinadi. 

Microsoft korporatsiyasi, şuningdek, öz dasturidagi kamçilikka oid batafsil ma'lumot bergani uçun Google kompaniyasiga öz noroziligini bildirgan edi.