Nike kompaniyasi dizaynerlari "Kelajakka qaytiş" trilogiyasining ikkinçi filmidagi özi boğlanuvçi krossovkalar yaratiş ğoyasi ustida yillab boş qotirişdi va natijada buning uddasidan çiqişdi. Biroq sport kiyimlari va aksessuarlarini işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Puma kompaniyasi ham qöl qovuştirib ötirmaslikka qaror qildi va dunyoga özining avtomatlaştirilgan poyabzalini taqdim etdi. "Hi-News" naşri şu haqida xabar berdi. 

Aslida, Puma krossovkalari ötgan yili Autodiscs nomi ostida namoyiş qilingandi, biroq şundan keyin ular haqida heç qanday ma'lumot berilmadi. Aftidan, işlab çiqaruvçi öz natijalaridan köngli tölişi uçun poyabzal konstruksiyasini qayta işlagan körinadi. Poyabzalga boğiçlarni mustahkamlaydigan yoki aksinça, böşaştiradigan elektromotorlar örnatilgan. Bu krossovkalarning özidagi tugmalar yordamida yoki rasmiy mobil ilovaning içida amalga oşiriladi. "+" belgisiga bosilganda - boğiç mustahkamlanadi, "-" belgisida - böşaştiriladi. 

Köpçiligimizga bunday tizim dangasa kişilarga möljallangandek tuyuladi, ammo aslida Puma öz mahsuloti bilan professional sportçilar, eng avvalo yuguriş ustalarining talabini qondirişni közlagan. Autodiscs krossovkalarining reklama roliklariga töqqiz karra Olimpiya çempioni Useyn Bolt va professional golfçi Riki Fauler jalb etilgan. 

Krossovka işlab çiqaruvçilarining sözlariga köra, Autodiscs'ning HyperAdapt'dan (Nike) ustunlik tomonlari bor: birinçisi - boğiçlarni tortuvçi motorlar poyabzalning tag qismida emas, ularning tilida joylaşganligi bölsa, ikkinçisi - krossovkalarning smartfon bilan boğlanganligi. Smartfon orqali nafaqat boğiçlar boşqariladi, balki poyabzal akakumulyatorida qança zaryad qolgani ham nazorat qilinadi.