1 aprel kuni Surxondaryo viloyati iqtisodiy sudida “Hugo Boss AG” (Germaniya), “Puma SE” (Germaniya) hamda “Tommy Hilfiger Licensing B.V” (Niderlandiya) kompaniyalari vakili tomonidan kiritilgan da’vo arizasiga asosan xalqaro brendlar — Hugo Boss, Puma va Tommy Hilfiger tovar belgilarini himoya qiliş böyiça iş körib çiqildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Sudda aniqlanişiça, javobgar brend egalari bilan heç qanday litsenziya şartnomasi tuzmasdan tovar belgilaridan noqonuniy ravişda foydalangan, kontrafakt mahsulotlarni savdoga çiqargan va faol reklama qilgani tasdiqlandi. Xabarda javobgar nomiga aniqlik kiritilmagan.
Sud qaroriga köra, huquqbuzarga tovar belgilaridan noqonuniy foydalanişni töxtatiş, kontrafakt mahsulotlarni muomaladan çiqariş va yöq qiliş, şuningdek noqonuniy qöllangan belgilarni mahsulot va qadoqlardan olib taşlaş majburiyati yuklatilgan.
Şuningdek, huquqbuzardan kompaniyalarlar foydasiga jami 61,8 mln söm kompensatsiya hamda davlat boji, poçta va sud xarajatlari bilan birga 111 million sömdan ortiq mablağ undirilişi belgilangan.
Hugo Boss – 1924 yilda Germaniyada taşkil etilgan premium segmentdagi nemis brendi bölib, nafis kostyumlari, iş kiyimlari va yuqori sifati bilan maşhur.
Puma – 1948 yilda Germaniyada taşkil etilgan kompaniya. U yuguriş poyabzali, futbol formasi, sport turmuş tarzi va tezkor innovatsiyalarga ixtisoslaşgan.
Tommy Hilfiger – 1985 yilda Amerikada taşkil etilgan kompaniya bölib, keng assortimentdagi kiyimlar, poyabzal va aksessuarlarni işlab çiqaradi.








