Uçuvçi qurilmalarni işlab çiqarişi bilan nom qozongan Boeing kompaniyasi koinotni özlaştirişga bağişlangan XS-1 dasturi doirasida DARPA agentligi bilan hamkorlikda Phantom Express nomli kosmik samolyot yaratişga kirişdi. Hi-News şu haqda xabar berdi. 

Yangi uçar qurilma 1360 kilogrammgaça bölgan foydali yukni kosmosga yetkaza oluvçi, harbiy maqsadlarda qöllanuvçi ilk köp martali apparat böladi. Bundan taşqari, Phantom Express har 10 kunda 1 marta muntazam parvozlarni amalga oşirişga qodir, qurilma xizmati bahosi esa taxminan 5 million dollarni taşkil qiladi - bu hozirgi narxlarga nisbatan ança arzondir.

Boeing kompaniyasi XS-1 dasturi doirasida Phantom Express tayyor konstruksiyasiga qöşimça işlov berişi, şuningdek tajribaviy namunasini tayyorlaşi va 2019 yilda uni sinovdan ötkazişi kerak böladi. Dasturning keyingi bosqiçlarida Phantom Express'ning tezligi asta-sekin oşirib boriladi. Uni vertikal holatdan işga tuşiriş rejalaştirilgan. Phantom Express suyuq kislorod va vodorodda işlovçi dvigatel bilan ta'minlangan. XS-1 dasturi rahbarlari bu borada şunday deyişdi:

"Phantom Express odatiy tuşunçadagi samolyot va raketa-taşuvçi emas. Bu köproq gibrid. Bu uçuvçi apparatni yaratişdan maqsad - bir uçuvçi qurilmani işga tuşiriş qiymatini ön karra pasaytiriş va ularni işga tuşirişdagi vaqt oraliğini minimallaştiriş. Dasturning birinçi bosqiçida Boeing kompaniyasi özini yaxşi tomondan körsatdi, şuning uçun u tajriba namunasini tayyorlaş va uni işga tuşirişni közda tutuvçi ikkinçi hamda uçinçi bosqiçlarni amalga oşiruvçi pudratçi sifatida tanlandi".