Mercedes-AMG quvvati 646 ot kuçiga teng bölgan ekstremal CLE 646 Spezialanfertigung kupesini namoyiş qildi. Model atigi 30 nusxada işlab çiqapilfdi, qolaversa, barça avtomobillar allaqaçon oldindan sotilgan.
Yangi model Mercedes-Benz Mythos eksklyuziv seriyasining ikkinçi avtomobili böldi. Birinçisi Mercedes-AMG PureSpeed - tomi va old oynasi bölmagan oçiq ikki örindiqli avtomobil bölib, u 250 nusxada işlab çiqarilgan edi.

Muhandislar ikkita turbokompressor va yassi tirsakli valga ega 4 litrli benzinli V8 dvigatelini örnatişgan. Dvigatel 646 ot kuçi va 850 N·m quvvat beradi hamda töqqiz poğonali AMG SpeedShift TCT 9G uzatmalar qutisi bilan birgalikda işlaydi.
Kupe 100 km/soat tezlikka 3,9 sekundda, 200 km/soatga esa 11,4 sekundda erişadi. Maksimal tezlik 310 km/soatni taşkil etadi, trek rejimida 300 km/soatgaça tezlaniş uçun esa 36,8 sekund kerak böladi.

Old va orqa ğildiraklar izining kengligi 60 mm ga oşirilgan, kuzovning özi esa kuçaytirilgan konstruksiyaga ega böldi. Kuzov elementlari asosan uglerod tolasidan yasalgan: qanot kengaytirgiçlari, kapot, tom, ostonalar, şuningdek, sozlanuvçi orqa antikrilo ham şu materialdan işlangan.
Yengillaştirilgan materiallardan keng foydalaniş hisobiga avtomobil vaznini taxminan 170 kg ga kamaytirildi. Natijada uning vazni 1895 kg ni taşkil etadi.
Kupe old tomonda 420×40 mm va orqada 360×32 mm ölçamdagi diskli keramik tormozlar bilan jihozlandi.
Aerodinamikaga alohida eʼtibor qaratildi. Old diffuzorni qölda yöl va trek rejimlari örtasida özgartiriş mumkin, orqa antikrilo ham sozlanadi. Old qanotlarda ğildirak arkalaridan havoni çiqarib yuboriş uçun maxsus jalyuzilar paydo böldi, faralar yonidagi kanallar esa havo oqimini şu teşiklarga yönaltiradi.









