Qozoğiston moda sohasida faoliyat yurituvçi taniqli tadbirkor ayol Liliya Rax biznes-hamkori Xamro Suvanovni öğirlagani uçun 7 yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga tortildi, deb ma'lum qildi Olmaota sudi matbuot xizmati.
"Sud hukmi bilan Liliya Rax Qozoğiston Jinoyat kodeksining 125-moddasi 2-qismi 1,8-bandida közda tutilgan (ğaraz niyatda bir guruh şaxslar tomonidan avvaldan til biriktirib odam öğirlaş) jinoyatni amalga oşirişda aybdor deb topildi va unga 7 yillik ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi", deyilmoqda xabarda.
Jinoiy iş böyiça ötgan yana bir ayblanuvçi, zargarlik uyi egasi Miri Paz 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Tergov taxminiga köra, jinoyatda iştirok etgan, heç qayerda işlamaydigan Baxit Şalbayev va Islom Misirovga 8 yillik qamoq jazosi berildi. Jazolanuvçilar jazoni umumiy tartibdagi axloq-tuzatiş koloniyasida ötaşlari belgilab qöyildi. Bundan taşqari, sud barça sudlanuvçilarning mol-mulkini musodara qildi.
"Sud tomonidan sudlanuvçilar Liliya Rax, Miri Paz, Islom Misirov va Baxit Şalbayev 2016 yil 6-27 iyul kunlari Olmaotada bölib, özaro til biriktirib jabrlanuvçi Xamro Suvanovni öğirlaşgani va jabrlanuvçidan unga sotiş uçun berilgan zargarlik buyumlari va pul mablağlari qaytarilişini talab qilib, uning hayoti va soğliğiga xavfli tarzda zöravonlik qöllab, ğaraz niyatda uşlab turişgani örnatildi", deb ma'lum qilindi xabarda.
Rax dunyoga taniqli brendlar mahsulotlari taqdim qilingan zamonaviy kiyim-keçak dökonlariga egalik qiluvçi Sauvage Group kompaniyasi ta'sisçisi hisoblanadi. 2015 yilda Business of Fashion internet-naşri Raxni moda olamidagi eng nufuzli 500 kişi orasiga kiritgan.









