Yevropada JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasidagi uçraşuvlar davom etmoqda. Bugunga belgilangan uçraşuvlarning dastlabki törttasi öz nihoyasiga yetdi.

Xorvatiya terma jamoasi guruhdagi asosiy raqobatçisi Islandiyani qabul qilib işonçli ğalabani qölga kiritdi va gurhda yakkapeşqadam bölib oldi. Xorvatlar hisobida endi 4 uçraşuvda qölga kiritilgan 10 oçko mavjud.

Avstriya esa öz uyida Irlandiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Irlandiya terma jamoasi esa 10 oçko bilan yetakçiga aylanib oldi. Birozdan keyin nihoyasiga yetadigan Uels va Serbiya terma jamoalari uçraşuvida Serbiya ğalaba qozonsa, irlandlarga yetib olişi mumkin böladi. Aks holda Irlandiya ham guruhda yakkapeşqadam bölib oliş imkoniyatiga ega.

Şuningdek yana bir uçraşuvda Turkiya öz maydonida Kosovoni qabul qilib saralaş bosqiçidagi ilk ğalabasini qölga kiritdi va oçkolari sonini beştaga yetkazib oldi.

JÇ-2018. Saralaş

Yevropa

Avstriya – Irlandiya 0:1 (0:0)
Gol: 0:1 – 48 Makkleyn.
Avstriya: Özjan, Klyayn, Vimmer (Ilzanker, 78), Dragoviç, Alaba, Zabittser (Xarnik, 73), Şopf (Şaub, 57), Arnautoviç, Baumgartlinger, Xinteregger, Yanko.
Irlandiya: Rendolf, Koulmen, Klark, Daffi, Breydi, Arter, Xulaxan (Makgoldrik, 78), Xendrik, Uelan (Meyler, 24), Makkleyn (Makgidi, 85), Uolters.

 

Turkiya – Kosovo 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 – 51 Yilmaz, 2:0 – 55 Şen.
Turkiya: Bobojon, Çalik, Kaldirim, Genöl, Töpal, Turan, Şen (Under, 77), Inan, Özyoqub (Malli, 46), Çalxanöğlu, Yilmaz (Tösun, 87).
Kosovo: Uykani, Perdeday, Rraxmani, Pnişi, Aluşi, Berişa, Raşitsa, Şala, Zeneli, Kololi, Muriki.