Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Jorjino Veynaldum (8 gol)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – çempion (1988), 3-örin (1976, 1992, 2000, 2004)
Niderlandiya boş murabbiyi
Frank de Bur – futbolçi sifatida yorqin şaxs, ammo murabbiylik borasida bunday deya olmaymiz. Frank murabbiy sifatida faqat «Ayaks» bilan erişgan mamlakat çempionliklari bilan maqtana oladi. U «kuçli beşlik»da «Inter» va «Kristal Pelas»da işlab, muvaffaqiyatsizlikka uçradi. Kuman Kataloniyaga yöl olgaç terma jamoani qabul qilib olgan 51 yoşli mutaxassisning murabbiylik darajasini Yevro-2020dagi iştirok körsatib beradi.
Şu bilan birga, de Bur qöl ostida Niderlandiya tarixidagi eng zaif tarkiblardan biri yiğilgan, deyiş mumkin. Jarohatlanib öynay olmayotgan van Deyk va van de Bek, koronavirusga çalingan Sillessensiz tarkib yanada kuçsizlandi. Ijobiy jihat – jamoa guruhdagi öyinlarni öz maydonida ötkazadi.
De Bur sönggi örtoqlik öyinlarida özining 4-3-3 sxemasidan voz keçib, 3-5-2dan foydalandi. Demak, katta ehtimol bilan saralaş bahslaridagi uslubni körmaymiz.
Asosiy yulduzlar
Niderlandiyada natija asosan ismi «De» bilan boşlanuvçi yulduzlarga va jamoa sardori Veynaldumga boğliq. Kontening çempion «Inter»ida muhim mexanizmlardan biriga aylangan de Vrey, «Yuve»da Kellini va Bonuççini zaxiraga ötqazib qöygan de Ligt jarohat tufayli turnirni ötkazib yuborayotgan van Deykning örnini bildirmaslikka harakat qilişadi. Ikki futbolçi ham yaxşi formada.
Kuman qöl ostida yanada ösişga erişgan va maydonning istalgan qismida faollik körsatadigan de Yong raqib hujumlarini buziş bilan birga «dirijyorlik»ni ham bajara oladi. Frenki – jamoa miyasi. U jamoa uçun Veynaldum va vinger Depaydan ham muhimroq. Yoş futbolçining öyini qovuşsa, Niderlandiya istalgan raqibdan kuçli böla oladi.
Yevro-2020 – sardor Veynaldum uçun «Liverpul»dagi muvaffaqiyatsiz mavsumni unutiş uçun imkoniyat. «PSJ» bilan şartnoma imzolaşga yaqin turgan yarimhimoyaçi maydondagi murabbiyga aylana olişi kerak. Niderlandiyada birdaniga «oltin avlod» çiqib qolişini körganmiz. Milliy jamoadagi örin kafolatlanmangan. Şu sababli 30 yoşli Jorjino hozirgi mavqeyidan va yirik turnirdan unumli foydalanişi, milliy jamoa tarixida öz nomini qoldirişga urinişi kerak.
Mavzuga oid
«Barselona» va «Yuventus» e'tiborida turgan Memfis Depay ajoyib driblinglari, çiroyli gollari orqali çempionatni bezaşi kutilmoqda. Uning kayfiyati jamoa öyinini belgilab beradi.
Tarkib
Niderlandiya tarkibini bir tekis deb bölmaydi. Himoya va yarimhimoya qanotlarida taniş nomlar kam.
Sillessen Yevroni ötkazib yuborişi ma'lum bölgaç, Krul asosiy darvozabonga aylandi. Böydor posbon mavsum yakunlariga köra «Norviç» bilan APLga qaytdi. Uning penaltilar qaytarişdagi mahoratini JÇ-2014 va Premer-ligadagi öyinlar orqali yaxşi bilasiz. Himoyada de Vrey va de Ligt mustahkam qörğon taşkil etişadi, ammo qanot himoyaçilarini u qadar işonçli deb bölmaydi. Tayanç yarimhimoyasida ötgan mavsumni ajoyib ötkazgan Frenki de Yong va de Ron örin oladi. Veynaldum esa «Liverpul»dagidan farqli ölaroq milliy jamoada hujum ortida harakat qiladi. Goh qanotda, goh markaziy hujumda paydo böladigan Depay «Barsa»ga ötişini tezlaştiriş uçun Yevroni «portlatişi» kerak. Şuningdek, hujumda boş bilan yaxşi öynay oladigan Lyuk de Yong bor.
Taxminiy boşlanğiç tarkib: Krul – de Ligt, Dyumfris, de Vrey, Veyndal – Frenki de Yong, Veynaldum – Depay, Klassen, Berghays – Lyuk de Yong.
Niderlandiya: Yevro-2020 uçun prognoz
Niderlandiya turnir ğolibligiga da'vogarlar qatorida emas. Murabbiy va tarkib top darajada emas. Qizil lolalar yurti jamoasi guruhdan peşqadam bölib çiqişsa, çorakfinalgaça borişlari mumkin. 2-örin bilan nimçorakfinalga yöl oliş jamoaga 1/8 finaldayoq grand raqib röbaru böladi. Hozirgi Niderlandiya uçun çorak yoki yarimfinal ham yaxşi natija sifatida qabul qilinadi. Undan ortiğiga erişiş uçun esa bir boş baland sakraş kerak.
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Roman Yaremçuk (4)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – guruh bosqiçi (2012, 2016)
Ukraina boş murabbiyi
Andrey Şevçenko – potensiali yuqori baholanayotgan murabbiylardan biri. Bu turnir afsonaviy futbolçining murabbiylik faoliyatida buriliş yasaşi mumkin. «Şeva» tartibli futbolni ma'qul köradi va raqibga qarab kerakli taktika qöllay oladi. Buni u Ispaniya, Fransiya kabi top jamoalarga bahsda körsatdi. Eng muhimi, futbolçilar murabbiyga işonişadi. Musobaqa Andreyga top-5 ligadagi klublarga yöl oçişi mumkin. Unga futbolçilik faoliyatidagi yulduzli onlarini ötkazgan «Milan»dan çorlovlar bölayotgani köp bor aytildi.
Şevçenko davrida Ukrainaning natijalari ança barqarorlaşdi. Jamoa saralaşda Portugaliyani ortda qoldirgan holda guruhda 1-örinni egalladi va biror öyinda mağlubiyatga uçramadi.
Asosiy yulduzlar
Ukrainaning yutuqlari siri – jamoaviy öyinda. Şunga qaramay, tarkibda Zinçenko, Malinovskiy, Yarmolenko kabi jahon futbolida öz örniga ega bölgan futbolçilar bor. E'tiborlisi, ularda bir öxşaşlik bor – barçasi çapaqay.
Zinçenko «Mançester Siti»da mavsumning ikkinçi qismini yuqori darajada ötkazdi. Mavsum yakunidagi muhim öyinlarda Kanselu va Mendini zaxiraga ötqazib qöydi. Saşa Ukrainaning boşqa öyinçilaridan farqli tarzda milliy jamoaga alamzada bölib keldi. U YeÇL finalida «Çelsi»dan (0:1) uçralgan mağlubiyatdan söng eng köp yiğlagan futbolçilardan biri böldi. Universal futbolçi Yevroda sportçilarga xos ğazabni körsatsa, ajabmas.
«Atalanta»da sönggi uç oyning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan Malinovskiy kuçli zarbalari bilan Ukrainaga muhim oçkolarni keltirişi kutilmoqda. Ruslan hozir özining «pik» formasida. Hatto unga «Inter» va «Milan» kabi grandlar qiziqmoqda. Yevroda uni kuzatuvçi klublar yetarli.
«Vest Hem» yaxşi mavsum ötkazgan bölsa-da, Yarmolenko borasida bu fikrni aytib bölmaydi. Iste'dodli futbolçi APLda asosan zaxiradan maydonga tuşdi. Uning London klubidagi kelajagi söroq ostida. Texnikasi yuqori yarimhimoyaçi «Vest Hem»ga kerak ekanligini isbotlaşga urinib köradi.
Ukrainaning asosiy yulduzlari qatorida hujum çiziğidagi Yaremçukni ham alohida ta'kidlaş joiz. 25 yoşli forvard Ukrainaning saralaşdagi eng yaxşi töpurari bölişdan taşqari, ötgan mavsumda «Gent» safida 34ta bahsda 20ta gol urdi.
Tarkib
Ukraina tarkibida Sobolni inobatga olmaganda, darvoza va himoya çiziğini milliy çempionat vakillari taşkil etişadi. Darvozada tajribali Pyatovdan taşqari, Buşan va Trubin bor. Himoyada odatda «Dinamo» K va «Şaxtyor»ning ikki nafardan futbolçisiga işonç bildiriladi. Tayanç yarimhimoyasida Makarenko yoki Şaparenko maydonga tuşsa, Zinçenko va Malinovskiy hujum ortida öynab, jamoa gollariga assistentlik qilişadi. Qanotlarda Yarmolenko, Marlos va Zubkovni köriş mumkin. Markaziy hujumni Yaremçuk öziniki qilib olgan.
Ukraina Yevropa çempionatida guruhdan çiqa olmagan. Bu gal esa afsonaviy futbolçisi bilan natijasini yaxşilaşga yaqin. Bunga jamoaning salohiyati yetarli. Ukraina dastlabki öyinda Amsterdamda mezbon Niderlandiyaga qarşi töqnaş keladi. Jamoa bu bahsda durangga erişsa, hatto guruh ğolibligiga ham da'vogarlik qila oladi.
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Marko Arnautoviç (6 gol)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – guruh bosqiçi (2008, 2016)
Avstriya boş murabbiyi
Futbolçilik davrida, 1990-yillarda Germaniya terma jamoasida ikki öyin ötkazgan Franko Fodaning murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatliroq çiqdi. U uzoq vaqt davomida «Şturm» klubini boşqargan va bu klub bilan Avstriya çempioni, Avstriya Kubogi sohibi bölgan. 2018 yil boşidan beri Avstriyani boşqarmoqda. Qit'a çempionatiga yöllanma germaniyalik mutaxassis uçun murabbiylik faoliyatidagi eng yaxşi natijadir. Foda raqibga qarab taktika tanlaydi, zamonaviy nemis futbolida qöllanayotgan uslublardan foydalanadi. U Avstriyani «boşqotirma» jamoaga aylantirgan. Murabbiy tarkibdagi futbolçilarning universalligidan foydalanib, bahs davomida ham taktik özgartişlarni amalga oşiradi, bu esa raqiblarga murakkablikni keltirib çiqaradi.
Avstriyaning katta turnirlarda maqtanadigan natijasi yöq – Yevropa çempionatlarida guruh bosqiçidan nariga öta olmagan. Fodadan jamoaga ğoliblik xarakterini singdiriş talab etiladi.
Asosiy yulduzlar
Jamoaning asosiy yulduzlari sifatida «Leypsig» sardori Marsel Zabitser, «Bavariya»da 10 yil öynab, yaqinda «Real»ga köçib ötgan universal futbolçi David Alaba, «Hoffenhaym» yarimhimoyaçisi Baumgartner va Çin yurtida öynayotgan tajribali Marko Arnautoviçni aytiş mumkin. Ayniqsa, jamoa öyini qanot himoyaçisi, markaziy himoyaçi, tayanç yarimhimoyaçisi va qanot hujumçisi pozitsiyalarida öynay oladigan Alabaga köp darajada boğliq. Tarkibda Alaba bor bölgan va tarkibda Alaba yöq bölgan Avstriya ikki xil jamoadir. Zabitser ham raqibga qarab turli pozitsiyalarda öynab, jamoaga foyda keltira oladi.
Tarkib
Qaydnomadan örin olgan 26 futbolçining 22 nafari Bundesligada harakat qiladi. Himoyaga Hinteregger, Dragoviç, Layner kabi tajribali futbolçilar javob berişadi. Yarimhimoya markazida Grilliç, Ilzanker, Baumgartlinger, Şlager kabi teng kuçli futbolçilar jamlangan, şu sabab Foda bu çiziqda tez-tez özgarişlar qilib turadi. Qanotlardan Laymer, Lazaro va Baumgartner hujumlar uyuştirişadi. Alaba himoya va yarimhimoyada, Zabitser esa yarimhimoya va hujumda öynay oladi. Markaziy forvard pozitsiyasidagi «Zlatannamo» Arnautoviç kuçli zarbalari bilan raqib posbonlarini bezovta qiladi.
Avstriya: Yevro-2020 uçun prognoz
Yevropa çempionatida ikki bor qatnaşgan Avstriya hozirgaça guruhdan çiqa olmagan. Ammo bu safar juda yaxşi imkoniyat mavjud. Foda jamoasi uçun sönggi turdagi Şevçenko şogirdlariga qarşi bahs hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi, çunki aynan Ukraina Avstriyaning 2-örin uçun kuraşdagi asosiy raqobatçisidir. Avstriya Niderlandiya va Ukrainaga yutqazgan taqdirda ham, Şimoliy Makedoniyani yirik hisobda mağlubiyatga uçratib, eng yaxşi 3-örin egalari qatorida 1/8 finalga yöl olişi mumkin.
ŞIMOLIY MAKeDONIYa
FIFA reytingidagi örni – 62
Yevro-2020ga yöl – 4 ğalaba, 2 durang, 4 mağlubiyat, töplar nisbati – 12:13. Pley-offda Kosovo (2:1) va Gruziya (1:0) mağlub etilgan.
Saralaş turniridagi eng yaxşi töpurar – Elif Elmas (4 gol)
Yevro tarixidagi eng yaxşi natijasi – debyut
Şimoliy Makedoniya boş murabbiyi
Igor Angelovski hatto Makedoniya miqyosida ham közga körinarli futbolçi bölmagan. Futbolçilik faoliyatini yakunlagaç «Rabotniçki»da sport direktori sifatida iş boşlagan, keyinroq klub boş murabbiyi bölib, ilk mavsumidayoq jamoa bilan çempionat ğolibi va kubok sohibiga aylangan. 2015 yili Lyubinko Druloviçdan boş murabbiylikni qabul qilib olgan Igor Angelovski Makedoniyani tarixda ilk bor Yevropa çempionatining final bosqiçiga olib çiqdi. Jamoa saralaşda 3-örinni qölga kiritib, pley-off orqali Yevroga yöl oldi. Ertak ertakdek böldi – pley-offda ğalaba töpini milliy jamoa safida ham katta musobaqada öynaşga munosib «qariya» Pandev kiritdi.
Angelovski zamonaviy futbolda natija keltirayotgan sxemani – 3-5-2da (yoki 5-3-2) afzal köradi. Jamoa şu taktika bilan JÇ-2022 saralaşi doirasida safarda Germaniyani mağlub etdi va yaxşigina şovqin kötarişga erişdi. Yevro-2020da Makedoniyaning yöqotadigan narsasi yöq. Jamoa asosiy qahramonlikni körsatib böldi. Buyoği iştahaga boğliq.
Asosiy yulduzlar
Tarkibga nazar taşlaganda, 4 futbolçi e'tiborni tortadi: 2010 yilda «Inter» bilan YeÇLda ğolib bölgan, hozirda «Jyenoa»da faoliyat yuritayotgan Goran Pandev (u 2013 yilda termadagi faoliyatini yakunlagandi, ammo uç yil ötib Angelovski uni qaytişga köndiradi), Makedoniya kelajagi deb aytilayotgan «Napoli» havbeki Elmas, «Lids»da Marselo Belsa qöl ostida tanilgan çap qanot himoyaçisi Alioski va «Levante» yarimhimoyaçisi Bardi.
Musobaqa, ayniqsa, 1 oydan keyin 38 yoşga töladigan Pandev uçun muhim. Çunki Goran faoliyatidagi sönggi eng yirik turnirini ötkazadi.
Tarkib
Tarkib futbolçilarning umumiy narxi jihatidan 24 jamoa orasida 23-örinda turadi. Top-5 ligada töp tepadigan öyinçilar soni esa atigi 5 nafar.
Darvozani Segunda vakili «Rayo Valekano» posboni Dimitriyevski qöriqlaydi. Himoyada Ristovski va Alioski, yarimhimoyada Ademi, Bardi jamoaning asosiy futbolçilaridandir. Elmas pleymeyker vazifasini bajarib, hujumçilarni birga-bir vaziyatlarga çiqaradi va imkon bölişi bilan uzoqdan ham zarbalar yöllay oladi. Qanotlardan uyuştiriladigan hujumlarda Bardi muhim rol öynaydi. Yakun esa Pandev va Traykovskiga boğliq.
Şimoliy Makedoniya: Yevro-2020 uçun prognoz
Şimoliy Makedoniya – nafaqat guruhning, balki turnirning yaqqol autsayderi. Jamoa uçun guruhda qolib ketiş fojia emas. Bolqonliklar debyutda tarixiy golni urişga, ilk oçkosini olişga urinib köradi. Jamoa Germaniyani mağlubiyatga uçrata olgani va himoyaviy taktikada öynaşini hisobga olsak, qaysidir bahsda sensatsiya qayd etişi ham mumkin.
Yevro-2020: C guruhi taqvimi
13 iyun
21:00. Avstriya – Şimoliy Makedoniya (Buxarest)
00:00. Niderlandiya – Ukraina (Amsterdam)
17 iyun
18:00. Ukraina – Şimoliy Makedoniya (Buxarest)
00:00. Niderlandiya – Avstriya (Amsterdam)
21 iyun
21:00. Şimoliy Makedoniya – Niderlandiya (Amsterdam)
21:00. Ukraina – Avstriya (Buxarest)