Qozoğiston hukumati teraktlar oldini olişda öz ma'lumotlari bilan yordam körsatgan fuqarolarga pul mukofotlari tölaşni joriy etiş haqidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda davlat naşrlari xabar tarqatgan.

"Terrorizm aktlari amalga oşirilişi oldini oliş yoki töxtatişda yordam körsatuvçi ma'lumotlar bergan fuqarolarni mukofotlaş tartibi töğrisida"gi hujjat 2017 yilning 1 yanvaridan kuçga kiradi.

Hujjatga köra, terakt oldini olişda yordami teguvçi ma'lumot bergan şaxslarga 750-1000 oylik hisoblaş indeksi miqdorida mukofot belgilanadi. Ayni vaqtda Qozoğistonda 1 OHI miqdori 2121 tenge (6,2 dollar AQŞ dollari).

"Hududiy organlar 3 iş kuni mobaynida fuqarolarga teraktlar ehtimoli haqida ma'lumot beruvçilar mukofotlanişi haqida xabar yetkazişlari kerak", — deyilgan qarorda.

Bu qaror Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi tomoni taşabbusi bilan işlab çiqilgan.