17 noyabr kuni Özbekiston delegatsiyasi Makka şahrida bölib ötgan Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Özbekiston raisligida bölib ötgan mazkur majlisda IHTga a'zo mamlakatlar taşqi siyosat idoralari rahbarlari taşkilot Boş kotibligiga Saudiya Arabistoni tomonidan taklif qilingan Yusuf bin Ahmad al-Usaymin nomzodi yuzasidan fikr almaşdilar. Yusuf bin Ahmad şu kungaça Boş kotib mahkamasi direktori va boş maslahatçisi lavozimida işlab kelmoqda.
Sessiyada Yusuf bin Ahmad al-Usaymin IHT Boş kotibi sifatida tasdiqladi hamda Iyad Amin Madaniyga Boş kotib lavozimidagi köp yillik samarali mehnati uçun minnatdorçilik bildirildi.
Saudiya Arabistoni taşabbusiga binoan TIVK sessiyasi Yaman hududidan Makka tomonga ballistik raketa uçirilişi munosabati bilan rezolyutsiya qabul qildi.








