Ummon yetakçisi, sulton Qobus ibn Said xorijda uzoq davom etgan davolanişdan keyin "yaxşi körinişda" Ummonda milliy kun nişonlanişi şarafiga ötkazilgan paradda bir yil içida ilk bor omma oldida paydo böldi.
Ummon yetakçisi Germaniyada davolanib, aprelda uyiga qaytgandi. Ötgan yil u Germaniyada 8 oy davomida davolangan. Sultonning yöqligi uning kasalini davolab bölmasligi haqida köplab miş-mişlar tarqalişiga sabab bölgan. Sultonning kasali böyiça uning devonxonasi ham heç qanday ma'lumot bermagan.
Oxirgi oylarda sulton bir neça uçraşuvlar ötkazgan, jumladan AQŞ davlat kotibi Jon Kerri bilan uçraşgan.
Hozir sulton 76 yoşda. U 1970 yilda öz otasini taxtdan ağdarib hokimiyatni egallagan.
Sulton vafot etadigan bölsa, uning taxtini egallaş borasida muşkul vaziyat yuzaga kelişi mumkin, çunki uning bevosita vorislari yöq.








