Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd.” kompaniyalari (MHPS)  Özbekistonning Namangan viloyatida Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasini barpo etadi. Bu haqda Uzdaily.uz sayti yozmoqda. 

“Mitsubishi Corporation” kompaniyasining qayd etişiça, “Özbekenergo” AJ mazkur loyihani amalga oşirişni Yaponiyaning mazkur sohada faoliyat yurituvçi kompaniyalariga işonib topşirgan. Ammo şartnomaning qiymati oşkor etilmagan.

Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida har birining quvvati 450 MVt bölgan ikkita buğ-gaz moslamali umumiy quvvati 900 MVtlik yangi issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Mazkur quriliş işlari 2020 yilda yakunlanadi.

Loyiha doirasida “MHPS” kompaniyasi buğ-gaz moslamasining asosiy unsurlarini yetkazib beradi. “Mitsubishi Corporation” kompaniyasi Turkiyaning “Calik Enerji Sanayi ve Ticaret A.S.” kompaniyasi bilan hamkorlikda qolgan qismlarini yetkazib beradi, şuningdek, moslamalarning transportda yetkazilişi, quriliş va montaj işlari uşbu kompaniyalar tomonidan bajariladi. 

Mazkur loyiha “Yaponiyaning rivojlanişga rasmiy kömak” dasturi hamda Özbekiston Hukumatining mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.