Dunyoning eng noçor davlatlaridan biri bölgan Gaitida 20 noyabrda prezidentlik va parlament saylovlari boşlandi.
Telesur kanalining ma'lum qilişiça, saylov uçastkalari 6 mln gaitilik saylovlarda iştirok etişi uçun erta tongdan butun mamlakat böylab oçilgan.
Bundan avval Gaiti hukumati 19 noyabr keçki paytdan boşlab 20 noyabr butun kun saylovlar tugagunça Dominikan respublikasi bilan çegaralar yopilişini e'lon qilgan. Bu saylov jarayoni xavfsizligini ta'minlaş va nazorat qiliş maqsadida amalga oşirilgan.
Hammasi bölib prezident lavozimiga 27 kişi da'vogarlik qilmoqda. Saylovlarda ğalaba qilişga Taraqqiyot va Gaiti emansipatsiyasi uçun muqobil liga nomzodi Jyud Selestan, "Tet Kale" partiyasidan Jovenel Moiz, "Pitit Dessalan" siyosiy platformasidan Jan-Şarl Moiz va "Fanmi lavalyas" partiyasidan Mariz Narsiss asosiy da'vogarlar deb e'tirof etilmoqda.
Gaitida 2015 yil oktabrda saylovlarning 1-turi bölib ötgandi, biroq natijalar saylovoldi kuraşining nopok usullaridan foydalanganlik va xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilingandi. Yangi saylovlar joriy yilning 9 oktabriga belgilangandi, biroq mamlakatga yopirilgan "Metyu" böroni sababli keçroq muddatga qoldirilgandi.
Agar nomzodlardan heç kim 50 foiz va yana bitta ovoz töplay olmasa, 2017 yil 29 yanvarda navbatdagi tur bölib ötadi.











