AQŞ 2016 yil oktabrda foydalanişga kiritgan eng yangi esminetsi USS Zumwalt Panama kanalidan ötayotgan paytda buzilib qoldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, harbiy kema dvigatelidagi issiqlik almaşgiçidagi nosozlik sababli töxtab qolgan. Nosozlik tufayli kemaning turli tizimlari, jumladan datçiklar va qurollar elektr ta'minotidan uzilib qolgan.
Esminets San-Diyegodagi doimiy joyiga ketayotgan bölgan, biroq nosozlik tufayli Panamaning Balboa şahridagi Rodman bazasiga şataklanib olib borilgan.
Mutaxassislarning fikriça, kema umidlarni oqlay olmayapti, u buzilişlarga moyilligidan taşqari, uning ekspluatatsiyasi hattoki AQŞ armiyasi uçun ham qimmatlik qilmoqda.
Kema AQŞ harbiy-dengiz kuçlari tarkibiga rasman 15 oktabrda kiritilgan. Kema AQŞ floti tarixidagi eng qimmat kemalardan biri hisoblanadi.








