Panama Oliy sudi Honkongning CK Hutchison kompaniyasi bilan Panama kanalining har ikki tomonidagi port - Tinç okeani sohilidagi Balboa va Atlantika okeanidagi Kristobal portlarini boşqariş böyiça şartnomani bekor qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Sudyalar kelişuv şartlarini mamlakat konstitutsiyasiga zid deb topdi. Qayd etilişiça, bu qaror AQŞ prezidenti Donald Trampning Ğarbiy yarimşarda ta’sir ötkaziş uçun Xitoy bilan qarama-qarşilikdagi diplomatik ğalabasi böldi.
Tramp bir yil oldin kanal atrofidagi Xitoy infratuzilmasi Qöşma Ştatlar xavfsizligiga tahdid solayotganini nazarda tutib: «Panama kanalini Xitoy boşqaradi, biz esa uni Xitoyga bermaganmiz», degan edi.
Xususiy huquqşunoslar va Panamaning boş nazoratçisi şartnomalar davlat va soliq tölovçilar manfaatlarini buzayotganini da’vo qilib, CK Hutchison kompaniyasiga qarşi da’vo qözğatdi. Hukumat tekşiruvi şuni körsatdiki, 1990-yillarning oxiridan beri kompaniya bilan kelişuv şartlari tufayli mamlakat budjeti 1,3 milliard dollar tuşumdan ayrilgan. Lisenziya bekor qilingandan söng, Panama hukumati portlarning vaqtinçalik operatorini yollaşni, keyin esa yangi tanlov ötkazişni rejalaştirmoqda.
WSJ naşrining yozişiça, Pekin uçun bu Xitoyning mintaqadagi asosiy ittifoqçisi - Venesuela yetakçisi Nikolas Maduro Amerika harbiylari tomonidan Karakasda qölga olinganidan bir neça hafta ötib sodir bölgan diplomatik mağlubiyatdir. Xitoy hukumatining rejalaridan xabardor manbaning ma’lum qilişiça, Pekin öz manfaatlarini himoya qiliş yöllarini örganiş uçun Lotin Amerikasi böyiça işçi guruh tuzmoqda va ehtimol, javob çoralari variantlarini izlaydi.
Şu bilan birga, Xitoyning Lotin Amerikasi infratuzilmasiga kiritgan sarmoyasi qariyb 300 milliard dollarga yetganiga qaramay, AQŞ Panamaning eng yirik sarmoyadori va savdo şerigi bölib qolmoqda. Mamlakat milliy valuta sifatida AQŞ dollaridan foydalanadi va na Markaziy bankka, na Qurolli kuçlarga ega.

















