Panamaning BMTdagi elçisi Eloy Alfaro de Alba taşkilot boş kotibi Antoniu Gutterişga maktub yöllab, AQŞ prezidenti Donald Trampning Panama kanali ustidan nazoratni qaytarib oliş töğrisidagi rejalariga e’tibor qaratişni söradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Alba öz maktubida BMT nizomiga köra, mamlakatlar «xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarşi kuç işlatiş bilan tahdid qilişdan tiyilişlari kerak»ligini ta’kidladi.
Maktub BMT Xavfsizlik kengaşining 15 a’zosiga tarqatilgan.
Dekabr oxirlarida Tramp AQŞ Panama kanali ustidan nazoratni qaytarib olişi mumkinligini ma’lum qilgandi (kanal 1999 yilda Qöşma Ştatlar tomonidan Panamaga topşirilgan). AQŞ prezidentining sözlariga köra, Panama kanaldan foydalaniş böyiça haddan taşqari yuqori tariflarni örnatgan, Xitoy bölsa uning faoliyati rejimiga ta’sir körsatmoqda. Tramp kanal «begonalar qöliga» tuşib qolişiga yöl qöymaslikka va’da bergan.
20 yanvar kuni Tramp özining inauguratsiya nutqida Panama kanalining topşirilişini «ahmoqona sovğa» deb atagan. Uning fikriça, Panama kanalini Xitoy «boşqarmoqda».
Panama kanali — uzunligi 81,6 kilometr, eni 51 metrdan iborat. Panama kanali Amerika qit’asining eng janubiy mamlakati Panamada joylaşgan bölib, Atlantika okeani (Karib dengizi) orqali Tinç okeani bilan boğlab turadi. Dunyodagi dengiz savdolarining 2,5 foizi uning hisobiga töğri keladi — har yili kanal orqali 14 mingtagaça kema harakatlanadi. Panama kanali AQŞga Osiyodan avtomobillar va boşqa tijoriy tovarlar importida, şuningdek, Amerika tovarlari, jumladan, tabiiy gaz eksportida muhim ahamiyatga ega. Reutersʼga köra, Xitoy kanalni nazorat qilmaydi va boşqarmaydi, ammo Honkongdagi CK Hutchison Holdings’ning şu’ba kompaniyasi kanal suvlarida joylaşgan ikkita portni boşqaradi.








